+99855 5110666
улица Иброхима Муминова, дом 4
info@spacemc.uz

Blog Details

Kuzatuv Kengashining Mustaqil A’zosi Lavozimiga Tanlov E’lon Qilinadi

“Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati (keyingi o‘rinlarda – Jamiyat)ning kuzatuv kengashi tarkibi qonunchilik talablariga asosan shakllantirilmoqda. Kuzatuv kengashi tarkibiga bir nafar mustaqil a’zo kiritish (chet el fuqarolari ham ishtirok etishi mumkin) maqsadida Jamiyat tomonidan tanlov e’lon qilinadi.

Kuzatuv kengashining mustaqil a’zosiga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi:

  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi (ilmiy darajasi bo‘lgan nomzodlarga ustunlik beriladi);
  • Kamida 4 (to‘rt) yil korporativ boshqaruv tizimida ish stajiga ega bo‘lishi (kosmik va IT sohalaridagi faoliyatiga ustunlik beriladi);
  • Korporativ boshqaruv sohasida muayyan bilimga ega bo‘lishi, shu jumladan, qonunchilikda belgilangan hollarda Korporativ boshqaruv ilmiy-o‘quv markazi tomonidan berilgan korporativ menejerning malaka attestati (sertifikati) mavjudligi.

Nomzodlarni tanlash jarayonida suhbat asosida quyidagi sifatlarga aniqlik kiritiladi:

  • Moliya tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlari bilan ishlay olish qobiliyatiga egaligi;
  • IT texnologiyalaridan mustaqil foydalana olish bo‘yicha yetarlicha bilim darajasiga ega bo‘lishi;
  • Kosmik va IT texnologiyalari sohasiga oid bilim, ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, kompaniya faoliyati, bank-moliya va soliq tizimiga aloqador O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar mazmun mohiyatini bilishi (xorijiy tillarni bilishi nomzodlarga ustunlik beriladi);
  • Kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lishi.

O‘zbekiston Respublikasining “Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to‘g‘risida” Qonuni 381-moddasiga muvofiq, quyidagilar kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi bo‘lishi mumkin emas:

  • So‘nggi uch yil ichida Jamiyatda va (yoki) uning affillangan shaxslarida ishlagan shaxs;
  • Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) besh yoki undan ortiq foiziga egalik qiluvchi (to‘g‘ridan-to‘g‘ri va (yoki) affillangan shaxslar orqali) shaxs;
  • Jamiyatning va (yoki) uning affillangan shaxsining yirik mijozi va (yoki) yirik yetkazib beruvchisi bilan fuqarolik-huquqiy munosabatlarda bo‘lgan shaxs;
  • So‘nggi uch yil ichida Jamiyatga va (yoki) Jamiyatning affillangan shaxslariga auditorlik xizmatlarini ko‘rsatgan auditorlik tashkilotining xodimi;
  • Ketma-ket olti yil davomida Jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga kirgan shaxs;
  • Jamiyat va (yoki) uning affillangan shaxslari bilan biror-bir kelishuvga ega bo‘lgan shaxs, bundan kuzatuv kengashi a’zosining vazifalari va funksiyalari bajarilishini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan kelishuvlar mustasno;
  • Jamiyatning boshqaruv va ichki nazorat organlarining va (yoki) uning affillangan shaxslarining a’zosi bo‘lgan shaxsning yoki so‘nggi uch yil ichida ularga a’zo bo‘lgan shaxsning yaqin qarindoshi yoki quda tomondan qarindoshi (ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, o‘g‘illari, qizlari, eri (xotini), shuningdek, erining (xotinining) ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) bo‘lgan shaxs;
  • Davlat boshqaruvi organining yoki davlat korxonasining xodimi bo‘lgan shaxs;
  • Jamiyatning ustavida yoki Jamiyat umumiy yig‘ilishining qarorlari bilan tasdiqlangan hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan shaxs.

Arizalar 15-martgacha qabul qilinadi.

Arizalarni quyidagi manzillarga yuborish mumkin:

📧 Email: info@spacemc.uz

📩 Exat: smcenter@exat.uz

Archives